Kelinning ehsoni
Assalamu alaykum! Bir onaxon shu savolni sizlarga berishimni iltimos qildilar. Savol quyidagicha. Bir boy qaynotaning uyida juda ham ko‘p isrofgarchilik bo‘lar ekan. Kelinlari qayinotaning ruxsatisiz o‘sha uyning qazisidan bir dona kambag‘al qo‘shnisiga beribdi. Buni bilgan qaynota norozi bo‘libdi. Shu kelinning shu qilgan ishi to‘g‘rimi yoki noto‘g‘rimi? Oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Agar qaynotaning mulkidan berganiga qaynota norozi bo‘lsa, o‘zining yoki ijozat so‘rab erining mulkidan bersin. Muruvvatga to‘g‘ri kelmasada, qaynotaning ijozatisiz berish joiz emas. Vallohu a’lam.
26 May 2022, 16:02 | Savol-javoblar | 136 | Turli savollar