Hoiza ayol saharlik tayyorlashi va o‘likning kiyimi haqida

Assalomu alaykum! 1). Ayol kishi xayz xolatda saxarlik uchun taomlarni tayyorlab bersa bo‘ladimi? 2). Janozadan keyin vafot etgan kishining kiyimlari yuvilmasdan taom tayyorlash mumkin emas degan gap xam to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! 1). Taom tayyorlasa bo‘ladi. وقَالَتْ عَائِشَةُ رَضِيَ اللهُ عَنْهَا: قَالَ لِي رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ نَاوِلِينِي الْخُمْرَةَ مِنَ الْمَسْجِدِ، فَقُلْتُ: إِنِّي حَائِضٌ، فَقَالَ: إِنَّ حَيْضَتَكِ لَيْسَتْ فِي يَدِكِ فَنَاوَلْتُهُ. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ إِلَّا الْبُخَارِيَّ  Oisha roziyallohu anho aytadilar:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga:
«Masjiddan «xumra»ni olib yubor», dedilar.
«Hayzliman», dedim. U zot:
«Hayzing qo‘lingda emas», dedilar.
Bas, olib berdim».
Beshovlaridan faqat Buxoriy rivoyat qilmagan.
2). Bekor gap. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 04:23 | Savol-javoblar | 176 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar