Tarovehning rakatlari haqida

Assalomu alaykum! Tarovex namozida ko‘pchilik 8-rakatdan keyn ketib qolishadi. Bir tanishim 8-rakatdan keyin ketsa bo‘laveradi dedi. Agar ketsa o‘sha kungi savobni oladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Yigirma rak’at o‘qish sunnati muakkada. Sakkiz rak’at o‘qiganlar sunnati muakkadaning o‘n ikki rak’atini qoldirgan bo‘lishadi. Vallohu a’lam!Quyidagi linkda berilgan maqolani o‘qing https://fiqh.uz/maqola/816

26 May 2022, 04:24 | Savol-javoblar | 159 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar