Ribo emasmi?

Assalomu alaykum!  Bir birodarim futbol o‘ynash uchun 210.000ga butsi oldi, kiyib o‘ynaganidan keyin unga yoqmay qoldi. Uni tanishi ham 210.000dan ziyotroqqa butsi sotib olgan. Ikkalasi butsasini almashtirib o‘ynab ko‘rayapdi. Agar narigi butsi meni birodarimga yoqsa o‘zini butsasini 210.000ga hisoblab berib, yana qolgan qismini masalan narigi butsini 240.000 ga olgan bo‘lsa o‘zini butsasini ustiga 30.000 qo‘shib bermoqchi. Shu ishi bilan ular riboga qo‘l urmayapdimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ribo bo‘lmaydi. Shundayligicha almashtirsa ham bo‘ladi. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 01:57 | Savol-javoblar | 145 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar