Zakot va fidya berish

Assalomu alaykum! Men 2017-yil noyabr oyida Moskva shaxrida boshim operatsiya bo‘lganligi sababli yaqin qarindosh va do‘stlardan kattaroq summda qarz bo‘lib qoganman. Shuningdek davlat tashkilotida ishlaganim uchun oyligim faqat ro‘zg‘orga etadi, o‘zim va oilamdan pul umuman ortmidi va yig‘ilmidi ham. Oydan oyigacha pul yig‘omiman. Savolim shundaki men qanaqilib zakot bersam bo‘ladi? Ayolimning tilalari ko‘p emas. 2). Otam 54 yoshda vafot etganlar, ularga tutmagan ro‘zalariga qanaqib fidya qilsam bo‘ladi maslaxat bersangizlar iltimos. Yoki oyiligimdan 400 ming so‘m zakot qilsam va 350 ming bir kambag‘al odamga otam tutmagan ro‘zalarini fidya qilsam bo‘ladimi? Oldindan katta rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! 1). Zakot nisob miqdoriga qodir bo‘lgan kishilarga farzdir.
2).  Qodir bo‘lganingizcha bo‘lib-bo‘lib fidyasini berishingiz mumkin. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 04:24 | Savol-javoblar | 158 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar