Devordagi rasm
Assalomu alaykum! Avval e’tibor bermagan ekanman, namoz o‘qiydigan xonamda devorlarning bezak qog‘ozi(oboy)ga quyosh rasmi tushirilgan bo‘lib, quyoshning o‘rtasi odam qiyofasi shakli bor ekan. Bu bezak taxminan 1,5 metr balandlikda turadi. Namoz vaqtida deyarli umuman ko‘zim tushmagandi. Ijarada turaman, boshqa joyda namoz o‘qish imkoni yo‘q. Bunday vaziyatda nima qilishimni maslahat berasizlar? Javobingiz uchun tashakkur.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! O‘sha tarafni ikki metr balandlikdagi narsa bilan to‘sib qo‘yishni chorasini toping. Vallohu a’lam.
26 May 2022, 15:25 | Savol-javoblar | 136 | Namoz
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! O‘sha tarafni ikki metr balandlikdagi narsa bilan to‘sib qo‘yishni chorasini toping. Vallohu a’lam.
26 May 2022, 15:25 | Savol-javoblar | 136 | Namoz