Qulog‘imdagi yaradan oqqan suyuqlik
Assalomu alaykum! Mani qulog‘imda qandaydir kasallik bo‘lib, ya’ni sariq rangli suyuqlik oqadi. So‘ng u qotib yara bo‘lib qoladi. Taxorat qilib quloqlarimni ichini tozalayotganimda boyagi yara ko‘chib, yana suyuqlik oqadi. Boyagi suyuqlik qulog‘imdan ichkarisiga qarab oqsa, ro‘za buzilmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Buzilmaydi. Aslida bu narsa tibbiyotga oid bo‘lib, hanafiy mazhabi fuqaholari avvalda “quloqqa dori tomizsa ro‘za ochiladi” deb fatvo berishgan edi. Keyinchalik quloq pardasi yirtilmagan bo‘lsa ichkariga ketadigan yo‘l yo‘qligini o‘rganib chiqishib, “quloqqa dori tomizsa ro‘za ochilmaydi” deb fatvo berishdi. Ko‘zga dori tomizishni ham hanafiy mazhabi ulamolari ochilmaydi deyishgan. Ammo tibbiyot ko‘zdan dimoqqa yo‘l borligini isbotlab turibdi, lekin ko‘zga dori tomizsa ro‘za ochilishiga fatvo berganlari yo‘q. Shuning uchun ehtiyotini olib og‘iz ochiqlik qilgan ma’qul. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 04:25 | Savol-javoblar | 146 | Ro‘za