Kasalman nima qilay?

Assalomu alaykum! Meni astma kasalim bor, bu kasal nafas qisishi bilan bog‘liq bo‘lib, salbutamol degan sepadigan dori vositasidan foydalanaman. Ro‘zador bo‘laturib nafasim qisganda doridan foydalansam bo‘ladimi bu haqida ulamolarimiz nima degan? Avvaldan rahmat sizlardan Alloh rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom!  SAVOL: Nafas qisish oqibatida tomog‘iga aerozol sepsa ro‘zasi ochiladimi?
JAVOB: Tomog‘dan ichkariga o‘tgan har bir narsa ro‘zani ochadi. Aerozol sepilganda ham dorisi ichkariga o‘tadi. Shu sababli ro‘za ochiladi. (Apka masail o‘vr unka hal).
Shuning uchun bunday kasallikka duchor bo‘lganlar qishning qisqa kunlarida aerozolni ishlatmasdan ro‘za tutishga qodir bo‘lsalar, qazosini tutib beradilar. Agar qishning kunida ham aerozolni ishlatmasdan tura olmasalar, ro‘za tutib, ehtiyotan har kuniga fitr miqdoricha, ya’ni ikki kilogramm bug‘doyni yoki qiymatini fidya qilib berib turganlari afzaldir. Vallohu a’lam!https://savollar.islom.uz/s/15950 

26 May 2022, 04:26 | Savol-javoblar | 163 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar