Ribo masalasi
Assalomu alaykum! Men xizmat ko‘rsatish sohasida faoliyat yuritaman. Mijozlarimizni elchixonaga hujjat topshirish uchun navbatga yozish, hujjatlarini to‘ldirib tayyorlash xizmatlarini qilaman. Yaqinda birqancha mijozar bilan ularni elchixonaga hujjat topshirish uchun navbatka yozib berish bo‘yicha kelishdim. Elchixonada navbat bazi kunlari ochilib qoladi va tezda odamlar tomonidan band qilinadi. Ayni kecha kunduzda iyul oyiga navbat olinyapti. Agar iyul oyiga ochered olsam 180, mabodo shu oyiga joy qolmasa, avgust oyiga navbatka yozsam 120 dan berasiz deb kelishdim. Shunday kelishuvim riboga kiradimi? Aslida qanday kelishgan ma’qul?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz aniq bittasi ustida kelishuv qiling. Vallohu a’lam!
14 Iyul 2022, 17:04 | Savol-javoblar | 196 | Moliya va tijorat