Bandaning o‘ziga o‘zi o‘lim tilashi
Assalomu alaykum! Kirib kelayotgan Ramazon oyi barchamizga muborak bo‘lsin! Musulmon bandalar o‘ziga-o‘zi o‘lim tilashi bu qanchalik to‘g‘ri amal? U tortgan azoblar hisobiga doim omonatini topshirib barchasidan xalos bo‘lishini xohlashi mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Bu barchasidan xalos bo‘lish degan narsa xom xayoldir. Bu jasadni insonga Alloh taolo omonat tarzda bergan va qanday foydalanishlikning yo‘l yo‘riqlarini ham o‘rgatgan. Alloh taolo aytganidan boshqa narsada foydalanishi omonatga xiyonat hisoblanadi. O‘zini o‘ldirish ham o‘sha omonatga xiyonatning eng ulkanlaridan hisoblanadi. Uning jazosi ham ulkandir. عَنْ ثَابِتِ بْنِ الضَّحَّاكِ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: مَنْ حَلَفَ بِمِلَّةٍ غَيْرِ الْإِسْلَامِ كَاذِبًا مُتَعَمِّدًا فَهُوَ كَمَا قَالَ، وَمَنْ قَتَلَ نَفْسَهُ بِحَدِيدَةٍ عُذِّبَ بِهِ فِي نَارِ جَهَنَّمَ Sobit ibn Zahhok roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Kim Islomdan boshqa millat nomiga qasddan, yolg‘ondan qasam ichsa, u o‘zi aytganidekdir. Kim o‘zini temir bilan o‘ldirsa, jahannam o‘tida o‘sha bilan azoblanadi», dedilar».وَقَالَ حَجَّاجُ بْنُ مِنْهَالٍ: حَدَّثَنَا جَرِيرُ بْنُ حَازِمٍ، عَنِ الْحَسَنِ، حَدَّثَنَا جُنْدَبٌ رَضِي اللهُ عَنْهُ فِي هَذَا الْمَسْجِدِ فَمَا نَسِينَا، وَمَا نَخَافُ أَنْ يَكْذِبَ جُنْدَبٌ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: كَانَ بِرَجُلٍ جِرَاحٌ فَقَتَلَ نَفْسَهُ، فَقَالَ اللهُ: بَدَرَنِي عَبْدِي بِنَفْسِهِ حَرَّمْتُ عَلَيْهِ الْجَنَّةَ Hasandan rivoyat qilinadi:
«Jundab roziyallohu anhu bizga shu masjidda so‘zlab bergan edi – biz (buni) esdan ham chiqarmadik, Jundab Nabiy sollallohu alayhi vasallamning nomlaridan yolg‘on gapiradi, deya qo‘rqmaymiz ham. – «U zot shunday dedilar: «Bir kishining jarohati bor edi. U joniga qasd qildi. Shunda Alloh: «Bandam joni xususida Mendan «ilgarilab» ketdi. Unga jannatni harom qildim», dedi». حَدَّثَنَا أَبُو الْيَمَانِ، أَخْبَرَنَا شُعَيْبٌ، حَدَّثَنَا أَبُو الزِّنَادِ، عَنِ الْأَعْرَجِ، عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: قَالَ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: الَّذِي يَخْنُقُ نَفْسَهُ يَخْنُقُهَا فِي النَّارِ، وَالَّذِي يَطْعُنُهَا يَطْعُنُهَا فِي النَّارِ Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «O‘zini bo‘g‘(ib o‘ldir)gan do‘zaxda ham bo‘g‘adi. O‘ziga sanchgan do‘zaxda ham sanchadi», dedilar». (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). عَنْ جَابِرِ بْنِ سَمُرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: أُتِيَ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ بِرَجُلٍ قَتَلَ نَفْسَهُ بِمَشَاقِصٍ، فَلَمْ يُصَلِّ عَلَيْهِ. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ إِلَّا الْبُخَارِيَّ Jobir ibn Samura roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallamga o‘zini mishqoslar bilan o‘ldirgan odam olib kelindi. Bas, u zot unga janoza o‘qimadilar».
Beshovlaridan faqat Buxoriy rivoyat qilmagan.
Sharh: «Mishqos» – keng tig‘li, pichoqqa o‘xshash narsa.
O‘zini-o‘zi o‘ldirish Islomda qattiq qoralanadi. Bu ish mo‘min-musulmon odamga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydigan ishdir. O‘zini-o‘zi o‘ldirish Allohning qazoi qadariga norozi bo‘lish, Alloh bergan hayot ne’matiga nonko‘rlik qilish, osiylik va irodasizlikdir. O‘zini-o‘zi o‘ldirish musulmonlarga xos bo‘lmagan qo‘rqoqlik va nomardlikdir.
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning o‘zini-o‘zi o‘ldirgan odamga janoza namozi o‘qimaganliklari bu odamga qilgan noma’qulchiligi uchun berilgan munosib jazo hamdir. Oxiratda esa alohida jazolar bo‘ladi.
Imom Buxoriy Sobit ibn Zahhok roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Rasululloh alayhissalom:
«Kim o‘zini temir asbob bilan o‘ldirsa, jahannam otashida o‘sha bilan azoblanadi», deganlar.
Imom Buxoriy Jundab roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam:
«Bir odamning jarohati bor edi. U o‘z joniga qasd qildi. Shunda Alloh azza va jalla:
«Bandam joni haqida Mendan avval o‘zi shoshqaloqlik qildi. Unga jannatni harom qildim», dedi», deganlar.
Imom Buxoriy Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam:
«O‘zini-o‘zi bo‘g‘gan do‘zaxda ham o‘zini bo‘g‘ib turadi. O‘ziga-o‘zi pichoq urgan do‘zaxda ham pichoq urib turadi», deganlar. Demak, o‘zini-o‘zi o‘ldirgan odamning do‘zaxga tushishiga shubha yo‘q.
Odamlarga o‘rnak bo‘lishi uchun bu dunyoda ham undaylarga o‘zgacha munosabatda bo‘linadi.
Umar ibn Abdulaziz, Avzoiy va imom Ahmadning mazhablari bo‘yicha o‘zini-o‘zi o‘ldirgan odamga janoza namozi o‘qilmaydi.
Ulamolar «Bog‘iy – Islom davlatiga qarshi chiq¬¬qanlar va fosiqlarga ham mana shu – o‘zini-o‘zi o‘l¬dir¬ganning murosasi qilinadi», deydilar. Toki boshqalar ham bularning qilmishini qilmasinlar.
Qolgan uch imomlar esa «O‘zini-o‘zi o‘ldirganga Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam o‘zlari janoza o‘qimaganlar, ammo boshqalarga o‘qishni amr qilganlar. Shuning uchun taniqli bo‘lmagan oddiy odamlar o‘qib qo‘ysa bo‘laveradi», deydilar. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!
26 May 2022, 04:27 | Savol-javoblar | 174 | Oila va turmush