Ayol kishi kimlar bilan o‘pishib ko‘rishi joiz

Assalomu alaykum! Meni yoshim 25 da, oilali erkakman xotinim ham alhamdulillah yaxshi ayol. Savolim shuki xotinimni ota onasidan xabar olishga yuborsam yoki o‘zim bilan birga olib borgan vaqtlarimda ham xotinimni bobosi, dadasi va amakilari uni yuzidan o‘pib ko‘rishishadi va tabiiyki bu hol menga yoqmaydi. Xotinimga bunday qilishlari menga yoqmasligi va bunday qilmasliklarini aytdim lekin xotinim men qanday aytaman deb bosh chayqaydi. Sizlardan iltimos shu vaziyatga holisona baho bersangiz, bu haqda dinimizda qanday yozilgan, shu ish to‘g‘rimi yoki noto‘g‘ri?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Mahramlari bilan bo‘lsa joiz bo‘lsada, ehtiyot bo‘lgan afzal. Bobo, ota va amaki mahram hisoblanadi. Bu erda hech qanday noshar’iy ish yo‘q. Siz o‘zingiz nevara, qiz va jiyaningizni yuzidan o‘pishingizni nima mone’lik bor. Vallohu a’lam!

27 Iyul 2022, 10:17 | Savol-javoblar | 131 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar