Meni pushtimdan bo‘lmagan qizim nomahrammi?

Assalomu alaykum! Meni pushtimdan bo‘lmagan 10 yashar qizim bor. Onasiga uylanganimda qizim kichkina edi. Men shu qizimga aqiqa qilib berganman, meni o‘z dadasi deb o‘ylaydi va meni quchoqlab erkalangisi keladi, xozirgi kunda onasi bilan birga yashamaymiz, javobini berganman. Men xam qizimga mexrim tushgan, bag‘rimga bosgim keladi. Qanday yo‘l tutsam to‘g‘ri bo‘ladi, menga nomaxram xisoblanadimi qizim, men bag‘rimga bosib erkalashim joizmi? Qanday yo‘l tutay? Qizimni juda qattiq yaxshi ko‘raman. Javobingiz uchun katta rahmat, Alloh sizlardan rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Onasiga uylanganingiz uchun sizga nikohi abadiy harom hisoblanadi. Chunki Alloh taolo Qur’on karimda “Uylanib yaqinlik qilgan ayollaringizning (boshqa erdan ko‘rgan) qizlariga uylanishingiz halol bo‘lmaydi” degan. Onasi bilan ajrashganingizdan keyin sizga begona bo‘ladi. Xuddi ajrashgan xotiningizni onasi xotin bilan ajragshaningizdan keyin sizga begona bo‘lgani kabi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 04:28 | Savol-javoblar | 161 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar