Homila, iltimos, tezroq javob bering!

Mening 3 nafar farzandim bor ikki qiz bir o‘g‘il. Ularni yoshidagi farqi kam xotinim yana xomilador. Bolalarim xali yosh juda ko‘p kasal bo‘lib turishadi. Buni ustiga juda sho‘x, ularni sho‘xligiga xech kim chiday olmaydi bir soat o‘tar o‘tmas asablari buzilib baqirib urshishga tushadi shu jumladan men ham ayolim ham shunday. Ayolimni cherepnoy davleniyasi bor sal asabiylashsa boshi qattiq og‘rib qoladi. Doktorlar bilan gaplashganda ginekologik tarafdan sog‘ ekanligini ya’ni tug‘ishda xavf yo‘qligini lekin asab tizimi yaxshi emasligini xomila davrida asabiylashish mumkin emasligini aks xolda bolaga ta’sir qilib u ham cherepnoy davleniya bilan tug‘ilishi yoki asab tizimida biror o‘zgarish bilan tug‘ilish xavfi borligini aytishdi. Bu sho‘x va ko‘p kasal bo‘lib turadigan bolalar bilan asabiylashmasdan iloji yo‘q. Buni ustiga xotinimning ota-onasi 5 yilda uchta tug‘ib sog‘ligingni yo‘qotding boshqa tug‘ma deyishibdi. O‘zimni onam o‘zingizga qarang dedilar otam esa qiz bo‘lsa tug‘mang debdilar bunga sabab qizlarni yomon ko‘rish emas balki ikki opamning turmushi notinchligi bularni o‘ylab otam kechasi uxlay olmaydigan bo‘lib qolganlar. O‘g‘lim jiddiy dardga chalinib Olloxning o‘zi shifo berib sog‘ayib ketdi lekin asorati qolgan. Bu kassal bilan og‘rigan bolalarning 10 dan biri tirik qolishi mumkin u ham doimiy shifokor ko‘rigida bo‘lishi kerak deyishgan edi doktrolar. Olloxga shukurki o‘g‘lim sog‘ayib ketdi. O‘sha paytlarda uydan qo‘ng‘iroq bo‘lsa o‘g‘lim og‘irlashib qoldimi deb yuragim orqaga tortib ketar edi. Bir tomondan Olloh bergan farzanddan voz kechkim kelmaydi ikkinchi tarafdan ayolimning sog‘ligi yaxshi emasligi, yana sog‘lom bola tug‘ilmaslik xavfi borligi Meni qattiq tashvishga solgan. Nima qilishni ham bilmay qoldim. Maslaxatingizga muxtojman.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Bolaga jon kirgan bo‘lsa, oldirmagan ma’qul.

29 Aprel 2022, 06:29 | Savol-javoblar | 149 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar