Ota-onam bergan sarpodan zakot

Assalomu alaykum! 1). 2018-yil avgust oyida 87 gramm tilla taqinchoqlar to‘yimda sarpo tariqasida ota-onam va turmush o‘rtog‘im va uning oilasi tomonidan berildi. Shu tillalarimdan 1 grammli uzukni o‘tgan yilgi hisobdan zakotga bergandim (2018-2019). Qolgan qismini pul shaklida rakka chalingan bolalarga bersam bo‘ladimi? 2) 4 mln ga yaqin ish haqqimni mana rakka chalingan bolalarga yordam tariqasida berishni niyat qilgandim. O‘tgan yilgi berishim kerak bo‘lgan Zakotimning bir qismi qolib ketgani esimga tushib o‘sha yordam tariqasida bermoqchi bo‘lgan mablag‘ni zakot deb niyat qilsam bo‘ladimi? Chunki turmush qurganimdan beri ishlamayman, yuqorida ilgari qolib ketgan ish haqqim nazarda tutildi. 3) Zakotni bolalarga o‘z qolim bilan bermasam ham bo‘laveradimi, chunki hozir boshqa shaharda bo‘lganim uchun sobiq ishxonamdan o‘sha bolalarga to‘garak ochib g‘amxo‘rlik qilayotgan sobiq hamkasb dugonam ishxonadan o‘sha atalgan mablag‘ni o‘zi olib mening nomimdan muhtoj bolalarga bermoqchi edi. 4) O‘sha mablag‘ni o‘tgan yilgi zakotning qolgani va bu yil uchun deb niyat qilsam bo‘ladimi? Bir taqinchog‘imni singlimga sovg‘a qilganim uchun hozirda taxminan 84 gramm tillam bor.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Taqinchoqlaringiz 85 grammdan kam bo‘lmagan suratda har yili alohida alohida zakot chiqarishingiz  kerak bo‘ladi. pul shaklida berishingiz ham mumkin.
2). Bilmadik.
3). Zakotni ajratayotgan paytda namozga niyat qilgandek niyat qilishingiz shart. Ya’ni bu meni zakotim, xolis O‘zinngni roziliging uchun, qabul qilgin kabi. Ajratilgandan keyin haqdorga kim tomonidan etkazib berilishining farqi yo‘q.
3). Taqinchog‘ingizni o‘zi 84 gr bo‘lsa undan tashqari tijorat uchun olib qo‘yilgan biror molingiz bo‘lsa u ham qo‘shilishi mumkin. Alloh taolo "Mu’minun" surasida zakot beruvchilarni maqtab quyidagicha marhamat qiladi:قَدْ أَفْلَحَ الْمُؤْمِنُونَ۝ 1. Batahqiq, mo‘minlar zafar topdilar. الَّذِينَ هُمْ فِي صَلَاتِهِمْ خَاشِعُونَ۝ 2. Ular namozlarida xushu’ qiluvchilardir. وَالَّذِينَ هُمْ عَنِ اللَّغْوِ مُعْرِضُونَ۝ 3. Ular behuda narsalardan yuz o‘giruvchilardir. وَالَّذِينَ هُمْ لِلزَّكَاةِ فَاعِلُونَ۝ 4. Ular zakotni ado qiluvchilardir. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 03:07 | Savol-javoblar | 170 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar