Ota-ona gunohlarini farzand o‘z zimmasiga olishi
Assalomu alaykum! Xurmatli ustozlar, ota-onasi va birodarlarining gunoxlarini farzand o‘z zimmasiga olishi mumkinmi? Agar mumkin bo‘lsa qanday amalga oshiriladi? Javobingiz uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Alloh taolo “Abasa” surasida marhamat qiladi. يَوْمَ يَفِرُّ الْمَرْءُ مِنْ أَخِيهِ وَأُمِّهِ وَأَبِيهِ وَصَاحِبَتِهِ وَبَنِيهِ34. u Kunda kishi o‘z aka-ukasidan qochadir…
35. va onasi va otasidan…
36. va xotini va bola-chaqasidan.
Ya’ni qiyomatning dahshatidan hamma o‘zi bilan ovora bo‘lib qoladi. Hatto hech kimning aka-ukasi, ota-onasi va xotiniyu bola-chaqasi bilan ham ishi bo‘lmay qoladi.
Bu dunyoda inson boshiga og‘irlik tushgan xotini, bola-chaqasi, ota-onasi va aka-ukasiga yordamga shoshiladi. Mazkur kishilarga kattadir-kichikdir musibat etganda, yordam berish burch, yordam bermaslik esa or-nomus hisoblanadi. Ammo qiyomat qiyinchiligida esa inson mazkur kishilarni ham tashlab qochadi.
“Mu’minuun” surasida: فَإِذَا نُفِخَ فِي الصُّورِ فَلَا أَنسَابَ بَيْنَهُمْ يَوْمَئِذٍ وَلَا يَتَسَاءلُونَ 101. Bas, qachonki dudga puflanganda, u Kunda oralarida na nasab qolur va na bir-birlarini surishtirurlar.
Ya’ni qiyomatdan darak beruvchi dudga puflangan paytda har kim o‘zi bilan o‘zi ovora bo‘lib, odamlar orasida naslu nasab aloqalari qolmaydi va hamma otasi, onasi, aka-ukasi, bola-chaqasidan qochadigan bo‘lib qoladi.
«...va na bir-birlarini surishtirurlar».
«Falonchi qaerda qoldi? Pistonchiga nima bo‘ldi?» deyish ham hech kimning xayoliga kelmay qoladi.فَمَن ثَقُلَتْ مَوَازِينُهُ فَأُوْلَئِكَ هُمُ الْمُفْلِحُونَ 102. Kimning tarozisi og‘ir kelsa, bas, ana o‘shalar zafar topuvchilardir.
Bu dunyoning amallari oxirat tarozisiga qo‘yilganda, kimning tarozisi og‘ir kelsa, o‘shalargina zafar topadilar.وَمَنْ خَفَّتْ مَوَازِينُهُ فَأُوْلَئِكَ الَّذِينَ خَسِرُوا أَنفُسَهُمْ فِي جَهَنَّمَ خَالِدُونَ 103. Kimning tarozisi engil kelsa, bas, ana o‘shalar – o‘zlariga ziyon qilibdilar. Jahannamda mangu qoluvchi bo‘libdilar. تَلْفَحُ وُجُوهَهُمُ النَّارُ وَهُمْ فِيهَا كَالِحُونَ 104. Yuzlarini o‘t kuydirur. Ular unda badbashara holda bo‘lurlar. ("Tafsiri Hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!
26 May 2022, 04:30 | Savol-javoblar | 147 | Turli savollar