Minnatdorchilik

Assalomu alaykum! Ustozlar. Men sizlarni ustozlar bayrami bilan tabriklayman. Siz ustozlar ushbu kanalga a’zo bo‘lgan va bo‘lmagan muslim muslimalarga Islom dinimizdagi tushunmagan va ili etmaganlarga tushunarli, dalillar bilan javoblar berib diniy ilmlarni tushunchalarni oshirishda juda katta xizmat qilmoqdasizlar. Sizlardan Alloh rozi bulsin. Shaxsan men o‘zim shu kanalga a’zo bo‘lganimdan buyon juda ko‘p savollarimga echimlar oldim va oz bo‘lsada diniy ilmimni rivojlantirdim. Ushbu savobli ishlarda Alloh madadkor bo‘lsin barchangizga. Alloh O‘zi panoxida asrab jannat bilan siylasin. Yana bir bor bayramlaringiz bilan qutlayman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Alloh barchamizni dunyo va oxirat yomonliklaridan omonda qilsin. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 22:33 | Savol-javoblar | 200 | Ta’lim va muta’allim
|
Boshqa savol-javoblar