Nikoh buzilib qolmaydimi?
Assalomu alaykum! Mening ayolim, beihtiyor Alloh xarom qilgan narsani anglamagan xolda savob deb yubordi, ushbu holatda nikohimiz buzilib qolmadimikin? Bir safar ham shunga o‘xshash holat bo‘lib nikohimizni qayta o‘qittirgandik, hozir yana qayta nikohlatishim kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Taloq, nikoh, qul ozod qilish kabi ishlarda og‘izdan chiqqan so‘z e’tiborga olinadi. Beixtiyor yoki hazillashib aytganman desa ham bahonasi e’tiborga olinmaydi. Iymonga tegishli masalalarda esa niyat e’tibor. Shuning uchun bir kishining og‘zidan biror kufr yoki shirk so‘zi chiqsa avval undan shuni qasddan aytganmi yoki oqibatini o‘ylamasdan aytganmi so‘rash kerak. Agar qalbida u gapni shirkligini bilmagan bo‘lsa uni kofir bo‘ldi deyilmaydi. Bilib turib qasddan aytgan bo‘lsa, unga nasihat qilinsa ham o‘sha gapida turib olsa keyin kufrga hukm qilinadi. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 20:26 | Savol-javoblar | 144 | Oila va turmush