Qarz o‘rniga namoz o‘qishga buyurish

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, bir inson birovga qarz bersa ammo pulni qaytib olmasdan o‘sha insonga “qarzdan kechaman o‘rniga 5 vaqt namozni xolis Alloh uchun o‘qishni boshla” desa va qarzdor rozi bo‘lsa va shu yo‘sinda namoz o‘qishga targ‘ib etsa bo‘ladimi yoki gunoh bo‘ladimi? Agar savolim sizlarni ranjitsa Allohim kechirsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Agar shu sabab bo‘lib namozni boshlasa shar’an mone’lik yo‘q. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 04:32 | Savol-javoblar | 157 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar