Propolis halolmi

Assalomu alaykum! Propolis degan modda mavjud - asalari elimi xisoblanadi. "Asalari elimi (propolis) yumshoq, yopishqoq, xushbo‘y, nordon, sarg‘ish-yashil yoki jigarrang modda; smola, mum, efir moyi va gul changidan tashkil topgan. Tarkibida vitaminlar, aromatik kislotalar, flavonoidlar, kumarinlar, polisaharidlar va boshqa moddalar bor. Asalari elimi mikroblarni o‘ldirish xususiyatiga ega bo‘lgani uchun teri kasalliklarida surtiladigan malhamlarga qo‘shiladi" Ushbu propolis deb atalmish modda xalolmi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Tarkibiga boshqa narsa aralashmagan sof propolis halol. Bu asosan unga harom narsa aralashganmi yoki yo‘qmi shunga bog‘liq. Vallohu a’lam!

3 May 2022, 15:08 | Savol-javoblar | 147 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar