Uzrlimanmi?

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, men sizlarga yana savol yo‘llayapman, savolim takroriy bo‘lsa uzr so‘rayman. Shamollagan (gaymarit bo‘lgan) odamni burnidan suv kelsa (yiring aralash bo‘lsa) taxorat ketishini bildik. Bunday odam uzrli bo‘ladimi desam, bunday insonda yiring aralash suv kelib turishi doimi davom etib tursa, ya’ni taxorat olishni boshlaganidan to‘rt rakat namoz vaqtida pok turolmasa sohibi uzr hisoblanadi debsizlar. Meni xolatimda suv kelishi doimi emas lekin namoz o‘qiganda ruku qilsam ayniqsa sajda qilganimda ko‘pincha keladi. Lekin birarda bir kelmaydi, shunda ham undan keyingi farznimi sunnatnimi o‘qisam kelib qoladi (namozdan tashqari paytlarda ham keladi). Savolim har namozga aloxida taxorat olamanmi? Farzga aloxida sunnatga aloxida yana ko‘p yillik qazo namozlarim bor edi ularni xar kuni o‘qirdim endi xar bir qazo namozi uchun taxorat olish mashaqqat tug‘dirib o‘qiyolmayapman aynisa masjidda jamoat bilan birga namozlarni o‘qiyolmayapman (jumadan tashqari) uyda o‘qiyapman. Qur’on o‘qishim xamda uni yodlashim ham ancha sustlashib ketyapti. Iltimos batafsil malumot bersangizlar. Yana bir savol o‘sha burnimni teshigiga (fakat bittasidan keladi) paxta tiqib olsam tashqariga suvi chiqmasa taxoratim ketmaydimi? Javobingiz uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Burunga paxta tiqib, xohlagnizcha namoz o‘qing. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 15:15 | Savol-javoblar | 141 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar