Baxs paydo bo‘layapdi
Assalomu alaykum! Yosh bollar fatvo chiqarganday tuyiladi menga ba’zan. Aql o‘rgatadi, xato deydi. Orada nizo chiqayapdi. Sirtdan qarasangiz o‘zini bilimi yo‘q. Savol, shunday bollarga nima javob aytib tinchlantirsam va islom xamma masalaga echim bera oladigan deb tushuntirsam bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Siz ularni ilm o‘qishga targ‘ib qiling. Ilm uch qadam, unga birinchi qadamni qo‘ygan inson hamma narsani bilib olganga o‘xshaydi. O‘qishda davom etib ilmga ikkinchi qadamni qo‘yganida hech narsani bilmasligini tushunadi. Uchinchi qadam Allohning ilmi. Siz bilan bizning sharoitimizdagi kishilarning ilmi birinchi qadamdayoq qolib ketmoqda. Haqiqiy ilm egalari “Ey Allohim Seni haqiqiy tanishda taniy olmadik” deb aytishadi. Haqiqiy olmlar Qur’onni tafsirlari bilan yuzminglab hadislarni fiqhi bilan to‘liq yodlashgan, ahkomlarini to‘liq tushunishgan. Hozirgi ilmni da’vo qilayotganlar “Sihohi sitta”ni to‘liq yodlasalar, fiqhini tushunsalar edi tortishib o‘tirishmas edi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 04:33 | Savol-javoblar | 176 | Ibodatlar