Sun’iy o‘stiriladigan tirik tishlar
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, qilayotgan ishlaringizdan yaratganni O‘zi rozi bo‘lsin! Xozirda kundan-kunga tibbiyot soxasi ham rivojlanib bormoqda. Tibbiyot ilmida o‘zak ho‘jayralar degan tushuncha mavjud bo‘lib, organizmdagi har bir to‘qimalar shu o‘zak ho‘jayralardan rivojlanadi, taraqqiy etadi. Xususan, tishlarimiz ham. Savolim shuki, agar stomatologiya soxasida yangilik qilish maqsadida aynan shu tishlarning o‘zak hujayralarini aniqlab,insonlarning jag‘ to‘qimalariga boshqa organizmlardan(misol uchun hayvonlardan) ko‘chirib o‘tqazib, yo‘q tishlar o‘rnida tishlarni shakllantirib insonlarni davolasak bu ishimiz dinimiz ko‘rsatmalariga xilof ish hisoblanmaydimi? Javobingiz uchun oldindan katta rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Halol hayvondan olsa joiz. Chunki fiqh kitoblarida “Bismillah”ni aytib so‘yilgan hayvonlarning tishidan tish sifatida foydalanish joiz deyilgan. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 04:34 | Savol-javoblar | 143 | Tabobat