Uyda namoz o‘qigan odamni azon va iqomat aytishi

Assalomu alaykum! Kitobning 96-betida “safarda va jome masjidlarida azon va iqomatni tark qilish makruh, biroq shahar ichidagi xonadonlarda ularni tark etish makruh emas” deyilgan ekan shunga namozda sunnat va farzlarga to‘g‘ridan to‘g‘ri niyat qilib o‘qiyapman.(uyimdan masjid 3 km radiusda joylashgan. Bomdod payti atrofdagi shovqinlar kamligi uchun azon ovozi eshitiladi. Bomdod namozini o‘qimoqchi bo‘lsam azon aytmay to‘g‘ridan to‘g‘ri 2 rakatli sunnatni o‘qishga niyat qilib o‘qiyman , salom berib bo‘lgach iqomatni ham aytmay farzni o‘qishga niyat qilib uni o‘qiyman. Qolgan namozlarda ham shunday qilaman) Bu holatda namozni ado etishim to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhu: “Mahallamizning azoni bizga kifoya qiladi” deganlar. Ya’ni mahalladan eshtilib tursa uyda aytishga hojat yo‘q. Takbiri qomat aytishga kelsak, bu borada ixtilof bor. Ba’zilar jamoat uchun aytiladi deganlar. Shuning uchun yolg‘iz uyda o‘qiydigan ayollar aytishmaydi. Ba’zilar esa erkaklar yolg‘iz bo‘lishsa ham aytishadi deganlar. Vallohu a’lam!

20 Aprel 2022, 20:05 | Savol-javoblar | 189 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar