Namozlar
Assalomu alaykum! 1)Qazo namozi bor kishi saharlikdan keyin "oxirgi 20 rak’at qazo namozni"deb birdaniga 20 rak’at qilib, keyin bamdodni o‘qiydi. Sababi kunduz ulgura olmaydi(yolg‘iz kelin, yosh bolali, uy ishlari deganday) 2) Farzni ovoz chiqarib, sunnatni pichirlab, qazoni tezroq o‘qish uchun ichida aytib o‘qishi durustmi? 3) Taroveh namoziga bir marta niyat va tasmiya qilib har bir salomdan so‘ng "bismillo" deb “fotiha” ni o‘qishi durustmi yoki har 2 rak’atda niyat qilinadimi? 4) Farz namozidan keyin "astag‘firulloh, Alohumma antassalom.."ni esdan chiqarib qo‘ysa sunnatdan keyin aytsa bo‘ladimi? 5) Bamdoddan so‘ng iloji boricha Qur’on o‘qib o‘tiradi, chaqalog‘i yig‘lab qolsa emizib yotib o‘zi ham qattiq uxlab qoladi bu gunohmasmi? 6) Arabchada savodi yo‘q qisqa suralarni o‘qilishi tilga osonligi uchun mp3 shaklda eshitib yodlaydi. Katta suralarni boshidan 10 oyat qilib yodlab o‘qib yursa bo‘ladimi? 7) Taroveh namozi naflga o‘xshab to‘ldiruvchi bo‘ladimi? Masalan: qiyomat kuni namoz to‘liq bo‘lmasa tarovehdan ham olinadimi? 8) Odam 2-bir odamga ishi tushganda imkoni bo‘laturib yordam bermasa odam ichida "shu odamga ishim tushsa hayvonman" deb qasam ichsa keyinchalik 2-odam o‘zi yordam taklif qilib qo‘ymagandan so‘ng yordam olsa unga kafforat vojib bo‘ladimi? 60 kun uzluksiz ro‘za tutadimi? Orada tanaffus qilsa bo‘ladimi? Uzluksiz tutishga qurbi etmaydi, 10 kishini to‘ydirishga, kiyintirishga sharoit bo‘lmasa nima qiladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! 1). Tushunmadik.
2). O‘zi eshitadigan darajada bo‘lishi shart.
3). Har ikki rak’atda niyat qilinadi.
4). Bo‘ladi.
5). Gunohmas.
6). Mutaxassis qoridan o‘tkazib olishi kerak.
7). Ha
8). Vojib bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!
1 May 2022, 20:29 | Savol-javoblar | 158 | Ibodatlar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! 1). Tushunmadik.
2). O‘zi eshitadigan darajada bo‘lishi shart.
3). Har ikki rak’atda niyat qilinadi.
4). Bo‘ladi.
5). Gunohmas.
6). Mutaxassis qoridan o‘tkazib olishi kerak.
7). Ha
8). Vojib bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!
1 May 2022, 20:29 | Savol-javoblar | 158 | Ibodatlar