Allohdan qurquv haqida

Assalomu alaykum! Hozirda yurtimizda nashrdan chiqqan bir falsafiy kitobda shunday fikrlar bor. "Yaratuvchi borliqni cheksiz mehr bilan yaratgan, hususan insonni ham. Shunday ekan nega inson endi o‘zini mehr nuri bilan yaratgan zotdan qo‘rqishi kerak. Axir bu qo‘rquv yaratganni mehriga shubha qilish bo‘ladiku" deyilgan. (Iqtibosni aynan so‘zlarimas, manosi). Men muallifga shunday savol berdim: dinimizda yaratuvchidan qo‘rquvga oyat hadislarda alohida targ‘ib qilingan, sizni fikrlaringiz aqidamizga zidku buni qanday izohlaysiz dedim. Muallif "meni fikrlarim islom aqidasigamas, sizni diniy bilimlardan olgan hulosangizga zid" deb javob berdi. Savolim shuki: yuqorida iqtibosda keltirilgan fikrlar dinimiz talimotlariga qanchalik to‘g‘ri keladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Uning gaplari dinimizga zid. Allohdan qo‘rqish bilan boshqalardan qo‘rqishni farqi bor. Inson Allohdan boshqasidan qo‘rqsa undan qochadi. Allohdan qo‘rqqan esa Allohning O‘ziga qochadi. Allohdan qo‘rqish deganda Allohga itoatsiz bo‘lib, hurmatini joyiga qo‘yolmaslik, amrlarini to‘liq ado qilolmaslik tushuniladi. Bu xuddi farzand ota-onasini qanchalar yaxshi ko‘rmasin ularga oq bo‘lib qolishdan qo‘rqqani kabidir. Oyat va hadis, islom aqiydasiga zid bo‘lgan har qanday falsafa botildir. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 04:35 | Savol-javoblar | 145 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar