Kamsitish
Assalomu alaykum! Erim u bu kim xaqida gap ketganida gap orasida o‘sha odamni kamsitib (xoshim, zoti past, bir tiyinga qimmat, 108) deb gapiradilar. Bu xol juda ko‘p bo‘ladi va men doim unaqa demang, yaxshi emas gunox deyaveraman. Ular esa javoban og‘zimni yopma, jim, sanga nima deydilar. Shunda men baribir shu xol takrorlanaverganida avtomatik tarzda unday demang deyaveraman, chunki bunaqa narsaga jim tura olmayman (albatta chiroyli so‘zlar bilan). Shu xolatim erimga itoatsizlikmi? Bu odatlarini yo‘qotish uchun nima desam(dalillarda) tezrok ta’sir qiladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Siz imkoningiz etganicha isloh qilavering. Alloh taolo “Humaza” surasida marhamat qiladi: وَيْلٌ لِّكُلِّ هُمَزَةٍ لُّمَزَةٍ 1. Har bir obro‘ to‘kuvchi va ayblovchiga vayl bo‘lsin.
Odamlarning obro‘sini g‘iybat yo‘llari bilan ko‘p to‘kuvchi odam arab tilida «humaza» deyiladi. Odamlarning aybini, kamchiliklarini imo-ishora ila masxara qiluvchi «lumaza» deyiladi. «Vayl» jahannamdagi bir vodiyning nomi yoki «holiga voy», «halok bo‘lsin» degan ma’nodagi so‘z ekanini oldin ham o‘rganganmiz.
Ushbu ikki sifatga ega bo‘lganlarning barchasi do‘zaxga tushadi va ularning ahvoliga voy bo‘ladi, deydi Alloh taolo. Chunki mo‘min kishining qonini to‘kish qanchalik gunoh bo‘lsa, obro‘sini to‘kish ham shunchalik gunoh. Odam o‘ldirib – qon to‘kib gunoh qilganlar jahannamga tushganlaridek, g‘iybat qilib – obro‘ to‘kib, kishilarni xafa qilganlar ham jahannamga tushadi. ("Tafsiri Hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!
26 May 2022, 04:35 | Savol-javoblar | 159 | Oila va turmush