Qiblaga xojat uchun javob beramizmi

Assalomu alaykum! Men ko‘p qavatli domda turaman. Namoz o‘qishni boshlab uyimizdagi xojatxonani joyini o‘zgartirib qo‘ygandim. Avval dom quruvchilar xamma xonadonni bir xil kilib qiblaga qaratib qurib ketishgan. Lekin men shu xojatxonani to‘g‘rlab qibladan boshqayaqqa burib qo‘yishimda onam qarshi edilar, keyin tor noqulay bo‘lib qoladi qo‘y tegma domda xich narsa qilmaydi o‘rtada devor borku dedilar. Lekin baribir men qibladan boshqayaqqa burib o‘zgartirdim. Natija onam aytganlarida chiqdi xozir xojatxonaga kirmoqchi bo‘lgan odamga qiyin, nuqulay bo‘lib qolgan. Endi Onam avvalgi joyiga qo‘yib qo‘y gap tamom meni jaxlimni chiqarma nervinni bo‘lib ketvomman chidab bo‘lmayapti axir divotdila. O‘zi qiblaga qilingan xojatni xukmi qanday? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qiblaga qaratishdan boshqa yo‘lini toping. Qibladan oz bo‘lsada o‘ng yoki chaproqqa burishni imkoni yo‘qmi? Bo‘lsa shuni qiling. To‘liq burilgan bo‘lishi shart emas. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 18:25 | Savol-javoblar | 154 | Boshqa ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar