Farzandim o‘limi

Assalomu alaykum! 5yosh o‘g‘lim falokatdan vafot etdi. Bu voqeadan to‘rt oy oldin qaynonam vafot etgan edi. Qaynonamni uchi kuni qayniegachim qo‘liga suv quyib tursam “sen kelinlar mani g‘iybat qilishibsan, yolg‘on yig‘layapti deyishibsan, iloxim sanlaram bolam deb qag‘shab qollarin” dedi. Oradan to‘rt oy o‘tib o‘g‘lim o‘sha xonadonda falokatdan vafot etdi. Qarg‘ish sabab bo‘ladimikin?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! U sabab emas. Bu Alloh taoloning taqdiri, shunday ekan. To‘g‘ri bu katta musibat, lekin siz tomondan oxiratda  bir shafoatchi bo‘lishiga sabab bo‘libdi. Bunday musibatga sabr qilish kerak va sabr qilingani uchun savob ham umid qiling. عَنْ أَبِي مُوسَى رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: إِذَا مَاتَ وَلَدُ الْعَبْدِ قَالَ اللهُ لِمَلَائِكَتِهِ: قَبَضْتُمْ وَلَدَ عَبْدِي؟ فَيَقُولُونَ: نَعَمْ، فَيَقُولُ: قَبَضْتُمْ ثَمَرَةَ فُؤَادِهِ؟ فَيَقُولُونَ: نَعَمْ، فَيَقُولُ: مَاذَا قَالَ عَبْدِي؟ فَيَقُولُونَ: حَمِدَكَ وَاسْتَرْجَعَ، فَيَقُولُ اللهُ: ابْنُوا لِعَبْدِي بَيْتًا فِي الْجَنَّةِ وَسَمُّوهُ بَيْتَ الْحَمْدِ. رَوَى هَذِهِ الثَّلَاثَةَ التِّرْمِذِيُّ  Abu Muso roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Bir bandaning bolasi o‘lsa, Alloh farishtalariga:
«Bandamning bolasini qabz qildingizmi?» deydi.
«Ha», deydilar.
«Uning dil mevasini qabz qildingizmi?» deydi.
«Ha», deydilar.
«Bandam nima dedi?» deydi.
«Senga hamd va istirjo’ aytdi», deydilar.
Shunda Alloh:
«Bandamga jannatda bir uy bino qilinglar va uni «Hamd uyi» deb nomlanglar», deydi».
Ushbu uch hadisni Termiziy rivoyat qilgan.
Sharh: Farzandning o‘limi ota-ona uchun cheksiz musibat ekanligi hech kimga sir emas. Chunki farzand ota-onaning bir bo‘lagi, yuragining parchasi, jigargo‘shasi, ko‘z quvonchi bo‘ladi.
Shuning uchun ham farzandining o‘limiga sabr qilgan ota-onalarga katta va ulug‘ martabalar va’da qilingan. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!

26 May 2022, 04:36 | Savol-javoblar | 140 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar