Maryam ismi tatarcha isimmi?

Assalomu alaykum! Farzandli bo‘lgandim 1chi farzandim Allohga shukur qizli bo‘ldim ismini Maryam deb qo‘yudim, otam o‘zgartir bu tatarcha isim keremas deb topolon qilib kiyin vaziyatga tushurib qo‘ydilar. Metirkaga yozdirib bo‘lgandim endi kech desam xam chunmayabtila shunga o‘ziz yordam berolismi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ismning qaysi tilga mansub ekanligi ahamiyatga ega emas. Ma’nosi shariatimizga zid bo‘lmasa bas. Maryam ismi otangiz aytganidek tatarcha ism emas. U ibroniy tilidan kelib chiqqan ismdir. Uning ma’nosi “ibodatgo‘y” deganidir. Ulul-’azm payg‘ambarlardan bo‘lmish Iyso alayhissalomning onasining ismi Maryam bo‘lgan. Maryam ismi Qur’oni karimda 34 marotaba zikr qilingan. Shularning o‘zi bu ismning ulug‘ligiga kifoya qiladi. Bularni bilgandan keyin ham bu ismni past sanash xatarlidir. Vallohu a’lam!

24 Noyabr 2023, 18:11 | Savol-javoblar | 0 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar