Erkak kishi ayollarning ichki kiyimlarini sotish
Assalamu alaykum! Men Qirg‘izistondanman. Yaqinda ayolim bilan bolalarimizga kiyim xarid qilgani viloyatimizdagi Kara-Suu shaxrida joylashgan jaxon bozoriga borgandik. Xamma xaridlarni qilib bo‘lgach ayolim (voyaga etib qolgan) qizlarimga u-bu narsa olishim kerak deb qoldi. Men yur unda, qaysi qatorida desam, siz moshinaga chiqavering men ortingizdan chiqaman dedi. Bozorda ayolimni yolg‘iz yurishini istamay o‘sha qatorga birga kirdik. Ko‘rsam ayollar ichki kiyim sotadigan maxsus qator ekan. Ne ko‘z bilan qarayki u qatorda ba’zi do‘konlarning sotuvchilari "erkaklar" ekan. Ularni ayollarga ko‘rsatayotgan xizmatlarini ko‘rib bexosdan Astag‘firulloh deb yubordim. Ayolim siz buni ko‘rib yoqtirmasligingizni bilib kirmang degandim dedi. Qanday desam, ayolim meni darrov tushinib ularning do‘konlariga kirmayman deb javob berdi. Atrofdagi do‘konlardagi xaridora ayollar go‘yoki mendan xijolat bo‘layotganday sezib o‘zim kirganimga ming afsus qilib qatorning boshiga chiqib ayolimni kutib turdim. Shu ish o‘sha "erkaklarga" joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Alloh taolo erkaklarga ipak kiyimni harom qildi. Tadqiqotlar natijasiga ko‘ra ipak kiyim kiyadigan erkaklarning tabiati “yumshoq” bo‘lib qolar ekan. Siz aytgan holatda ham ularning tabiati o‘sha kiyimlarga mos bo‘lib qoladi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 04:39 | Savol-javoblar | 146 | Moliya va tijorat