Namozdan oldin yuvinish

Assalomu alaykum! Ustozlar, odamlarning diniy savodxonligini oshirishdek, qilayotgan ishlaringizga rahmat aytib, Allohdan Sizlarga tinchlik va sog‘lik so‘rab qolamiz. Savolim shundan iboratki, namozdan oldin tahorat olishni niyat qilib, butunlay yuvinsa («chayinsa») bo‘ladimi (badanning barcha qismlargi suv tekkizgan xolda) yoki avval taxorat olib, so‘ng yuvinish kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! G‘usldan oldin tahorat olish sunnat amali hisoblanadi. Agar junub bo‘lmasa yuvinishdan oldin niyat qilib, og‘iz burun chayqalsa va siz aytgandek chayinsa mukammal tahorat bo‘ladi. Vallohu a’lam!

28 Aprel 2022, 05:51 | Savol-javoblar | 179 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar