Tolibon
Assalomu alaykum! Tolibon harakatining butun bir davlatni egallab, hokimiyatni qo‘lga kiritishini ba’zilar islomning g‘alabasi deb o‘ylab, xursand bo‘lyapti. Bu qanchalik to‘g‘ri? Tolibonni tan olmaslik islomga dushman bo‘lish deyishyapti. Iltimos, shu masalaga hozir ayni dolzarb bo‘lib turgan paytda aniqlik kiritib bersangiz. Tolibonning g‘alabasiga musulmonlar xursand bo‘lishi kerakmi? Tolibonning yo‘li to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bundan boshqa tashvishingiz yo‘qmi? Ularni muhokama qilgandan ko‘ra o‘zimizni holimizni isloh qilganimizdan foyda ko‘proq emasmi? Tolibonni yo‘lini to‘g‘riligini bildingiz, xo‘sh nima o‘zgardi? Yoki noto‘g‘riligini bildingiz, bunda nima o‘zgardi? Qilishingiz Alloh tomonidan buyurilgan biror vaqt qazo qilgan namozingizni o‘rni to‘ldirildimi yoki birorta gunohingiz kechirildimi? Zimmamizda bilishimiz farz bo‘lgan amal qilishimiz farz bo‘lgan qancha masalalar bor shularni tashvishida bo‘laylik. عَنْ مُعَاذِ بْنِ جَبَلٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ : النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ لاَ تَزُولُ قَدَمَا عَبْدٍ يَوْمَ الْقِيَامَةِ حَتَّى يُسْأَلَ عَنْ أَرْبَعٍ : عَنْ عُمُرِهِ فِيمَا أَفْنَاهُ ، وَعَنْ جَسَدِهِ فِيمَا أَبْلاَهُ ، وَعَنْ مَالِهِ مِنْ أَيْنَ اكْتَسَبَهُ وَفِيمَا وَضَعَهُ ، وَعَنْ عِلْمِهِ مَاذَا عَمِلَ فِيهِ Mu’oz ibn Jabal roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: U kishi aytdilar:
Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Qiyomat kuni bandaning ikki oyog‘i, to‘rtta narsadan so‘ralmaguncha (o‘rnidan siljimaydi) davomli bo‘ladi: umrini nimaga sarf qilgani, jasadini nimaga zoe ketkazgani, boyligini qaerdan kasb qilib va uni qaerga ishlatgani, ilmiga qanday amal qilgani haqida, so‘raladi”, dedilar.
Sunani Dorimiy. Vallohu a’lam!
8 May 2022, 13:57 | Savol-javoblar | 141 | Dolzarb savollar