Turli xil savollarim

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, Qur’onni tajvidsiz o‘qisa gunohkor bo‘ladi deb o‘qidim. Agar arab xarflarini tanisa xarflab o‘qiy olsa, unda tajvid qoidalarini mukammal o‘rganmaguncha Qur’on o‘qisa gunoxkor bo‘ladimi?
2. Jannatda Rayyon eshigi bor va undan fakat ro‘zadorlar kiradi, boshka xech kim. Bu eshikdan uzr sababli umri davomida ro‘za tuta olmay o‘rniga fidya bergan kishilar ham kira olishadimi?
3. Agar umrida bir bor ro‘za tutgan inson bu eshikdan kira oladimi? Din yulida kilayotgan amallaringizni Alloh munosib takdirlasin!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Albatta. 2). Alloh xohlasa boshqa eshikdan kirishadi. Allohning fazli keng. 3). Bir kun ro‘za tutgan odamni ro‘zador deyilmaydi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 07:30 | Savol-javoblar | 143 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar