Jamila qissasi haqida

Assalomu alaykum! Bu masalani dolzarb deb o‘yladim. Men Chingiz Aytmatovning "Jamila" qissasini o‘qiganman. Oldiniga ham voqealari sal erish tuyulardi. Mana, oyat, hadis, halol-haromni chuqurroq tushunganim sayin bu asarga umuman tanqidiy qaray boshladim. Unda Jamila ismli yosh, eri urushga ketib o‘ligi-tirigi ma’lum bo‘lmagan (keyinchalik qaytadi) bir kelin haqida gap ketadi. U lekin erini kutmasdan Doniyor degan bir nomahram bilan qo‘ltiqlashib qishloqdan jo‘nab qoladi. Eng achinarlisi shu Jamilaning erining ukasi Jamila va Doniyor degan yigit tarafini oladi. Quyida qissadan kichkina iqtiboz keltiraman: - Jamilam, jonginam, sevgilim Jamilaxon! deb Doniyor qirg‘izcha va qozoqcha eng nafis so‘zlar bilan o‘z ma’shuqasini erkalatardi. - Men ham seni ko‘pdan beri sevib yurardim. Umrimda ko‘rmagan bo‘lsam ham, okoplarda yotib seni o‘ylardim. Sevgan yorim Vatanimda ekanligini bilardim. Bu sen ekansan, Jamilam! Bir-biriga mutlaqo nomahram bo‘lgan, erini o‘lik-tirikligi aniq bo‘lmagan kelin va begona yigit orasidagi munosabat. Men kim so‘rasa ham menku o‘qiganman lekin umuman menga yoqmaydi deb javob beraman. Lekin meni fikrimga qo‘shilmaydiganlar ham talaygina topildi. Bu asarni yoshlarimiz o‘qishini tasavvur qilib ko‘ring endi! Qissa oxirida esa bu ikkalovi qo‘ltiqlashib ketadi (sabab yosh kelinda ham nafs bormish) bosh olib qishloqlaridan kelinning jufti esa urushdan qaytib keladi va malomatlarga ham qoladi. Yaqindagina badiiy asar haqidagi savol-javob shunday ma’qul keldiki sizlarga bir nechta savol bilan murojaat qilmoqchiman: 1) Bunday asarlarni agar bilsam noshar’iy ishlar yozilganini umuman men yoqtirmayman va sizga ham umuman tavsiya qilmayman desam bo‘ladimi? 2) Men bundan keyin badiiy asarlar emas faqat Muhammad sollallohu alayhi vasallam siyratlari, sahobalar hayoti va ulug‘ zotlar (Shams Tabriziy, Mavlono Rumiy, Ibn Atoulloh Sakandariy, Abdulqodir Jiyloniy)ning hikmatlarini ham o‘qib yursamchi? 3) Shayx hazratlarini ham vaqt topib badiiy kitoblarni mutolaa qilganlarini eshitganman. Men qaysi badiiy asarlarni o‘qishim mumkin? 4) Ko‘pchilik u asarni o‘qiganmisan yoki bu asarni o‘qiganmisan degan savollarni berishadi lekin ko‘pchiligini orasida yuqoridagi holatlar ko‘p uchraydi. Men shunday vaziyatda ham indamasdan tafsir, hadis va siyrat kitoblarini mutolaa qilishim afzalmi? Sababi ko‘pchilik umuman bu asarlarni o‘qimaganman desam dunyoqarashi tor odamga ham chiqarib qo‘yishadi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Kitob o‘qishdan insonning maqsadi bo‘lishi kerak. Olamlar badiy kitob o‘qishdan so‘z boyligi va chiroyli jumlalar tuzish mahoratini oshirishni maqsad qilishadi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 04:41 | Savol-javoblar | 338 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar