Rus tilida manbalar

Assalomu alaykum! Hurmatli zikr ahli. Qilayotgan ishingizdan alloh rozi bo‘lsin. Savolim quyidagicha. Islomga oid ishonchli, ammo rus tilida bo‘lgan ma’lumotlarni qayerdan topsam bo‘ladi? Hoh u asar, yokida internet sahifasimi yokida telegram kanallarimi? Shayx hazratlarini hamma kitoblari rus tilida ham nashr qilinganmi? Qur’oni ruscha tafsirini qayerdan topsam bo‘ladi? Agarda yo‘q bo‘lsa unda rus ulamolarining qaysi birilarini tafsirlarini maslahat berasizlar. Hadislar borasidachi?  Javobingiz men va russiyzabonlar uchun juda muhim. Kattakon rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ustozimiz shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahullohning asarlari rus tiliga tarjima qilib kelinmoqda. Hozirgi kunda ulardan bir necha kitoblar chop etilgan va ko‘pgina davlatlarda, jumladan Rossiya va qo‘shni davlatlarda ham tarqatilmoqda.  Hazratimizning yana bir qancha  kitoblari chop qilishga tayyor va qolganlari ham tayyorlanmoqda. Qur’oni Karimning rus tiliga ma’no  tarjimasi va tafsiri, ya’ni "Tafsiri Hilol" kitobining ruscha tarjimasi davom etmoqda va jami kitobdan qariyb 80% tayyorlangan.  Hadislar borasida "Xadisы i jizn" silsilasining bir necha juzi tarjima qilingan va chop ham qilingan. Qolgan juzlari ham ishlanmoqda.  O‘z navbati bilan ular ham chop qilinishi mo‘ljallangan.    Hazratimizning rus tiliga tarjima qilingan asarlarini O‘zbekiston hududidagi "Hilol-Nashr" do‘konlaridan sotib olishingiz mumkin. Hamda nashriyotning rasmiy sayti orqali buyurtma berishingiz yoki elektron shaklini olib o‘qishingiz ham mumkin. Internet tarmoqlariga kelsak, https://e-hilolnashr.uz/catalog

28 Aprel 2022, 06:02 | Savol-javoblar | 165 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar