Namozni to‘liq ado etsam
Assalomu alaykum! Menga shunday narsani o‘rgatingki zora 5 maxal namozni to‘liq ado etolsam. Oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Alloh taolo “Shuuro” surasida marhamat qiladi: اللَّهُ يَجْتَبِي إِلَيْهِ مَن يَشَاء وَيَهْدِي إِلَيْهِ مَن يُنِيبُ 13...«Alloh O‘zi xohlagan kishini tanlab olur va O‘zigagina ko‘p tavba qiluvchi kishini hidoyat qilur». Alloh taolo O‘zining ushbu qadimiy qoidasi asosida seni, ey Muhammad (sollallohu alayhi vasallam), O‘zining oxirgi payg‘ambarligiga tanlab oldi va O‘ziga iltijo qilgan baxtiyor bandalarini hidoyatga solib, mo‘min-musulmon qildi. Allohga iltijo qilishdan bosh tortib, sarkashlik qilganlar esa zalolat botqog‘iga botib qolaverdilar. Ashraf Ali Tahonaviyning oxirgi o‘rinbosarlari Abrorulhaq rohmatullohi alayhining muridi hikoya qiladi : «Men, bir birodarimiz va ustozimiz Abrorulhaq rohmatullohi alayh bilan bir ustozning ziyoratiga bormoqchi bo‘lib, uydan chiqdik. Boradigan joyimiz unchalik uzoq emasdi, lekin Abrorulhaq rohmatullohi alayh keksayib qolganlari uchun taksiga chiqsakmikin deb, uy oldida bir oz to‘xtab qoldik. O‘n-o‘n besh qadam narida bir taksi turar, haydovchisi esa bizni kuzatib turardi. Maslahatlashib, taksida boradigan bo‘ldik. Haydovchi u tomon yurganimizni ko‘rib, mashinasining eshiklarini ochib, bizni kutib oldi. Mashinaga o‘tirgach, Abrorulhaq rohmatullohi alayh «Alloh taolo O‘zi hoxlagan kishisini (payg‘ambarlikka) tanlab olur va Unga iltijo qiluvchi kishini hidoyat qilur» degan oyatni o‘qib, shunday dedilar: «Alloh taolo payg‘ambar, rasul va ba’zi valiy bandalarini ulardan biror harakat bo‘lmay turib ham O‘ziga do‘st qilib oladi. Shu tariqa ular Alloh taoloning muqarab bandalariga aylanadilar. Biroq, yana ba’zi bandalarni Alloh taolo mana shu haydovchi kabi kuzatib turadi. Agar ular Alloh taolo tomon yursalar, haydovchi bizga mashinasining eshiklarini ochgani kabi, O‘zining rahmat eshigini ochadi, O‘zi tomon intilgan bandalarni maqsadlariga erishtiradi. Agar boshqa yo‘lni ixtiyor qilishsalar, ularni o‘z holiga tashlab qo‘yadi», dedilar. Kun issiq edi. Haydovchi mashinaning konditsionerini yoqib qo‘ydi, lekin mashinaning saloni hadeganda soviyvermadi. Haydovchi yo‘ldan ko‘zini uzmay: «Birortangiz tomondagi oyna ochiq shekilli, iltimos, berkitib qo‘yinglar», dedi. Rostdan ham, sherigimiz tomondagi oyna ochiq ekan, uni berkitib qo‘ydik. Oynalar yopilgach, mashinaning ichi yana ham isib ketgandek bo‘lib, biroz behalovat bo‘ldik. Biroq, sal o‘tmay mashinaning ichi salqin bo‘lib qoldi, jonimiz kirib, badanimiz rohatlandi. Shunda Abrorulhaq rohmatullohi alayh “Ra’d” surasidagi «Iymon keltirgan va Allohning zikri ila qalblari orom topganlar. Ayo, Allohning zikri ila qalblar orom topmasmi?» oyatini o‘qidilar, so‘ng «Issiq kunda hamma so‘lim-salqin joyga qochadi. Biroq, Allohning zikri qalb uchun salqin joydan-da rohatliroqdir. Zikr – go‘yo issiqdan behalovat bo‘lgan qalbning konditsioneridir. Lekin العينان نافذتا القلب «Ko‘zlar qalbning derazalaridir» deyilgan. Agar insonning ko‘z degan oynasi haromdan, quloq degan oynasi behuda gap-so‘zu shaytonning nag‘malaridan, og‘iz degan oynasi g‘iybatu befoyda safsatalardan yopilmas ekan, zikr qalbga orom bag‘ishlay olmaydi», dedilar». Abu Umoma roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam : “Qaysi bir musulmonning nazari biror ayol kishining chiroyiga tushib, undan ko‘zini yumsa, Alloh u uchun halovatini topadigan ibodatni beradi” dedilar». Hadisi qudsiyda:“Nomahramlarga qarash Iblisning zaharlangan o‘qlaridan bir o‘qdir. Kim mendan qo‘rqqanligidan o‘sha qarashni tark qilsa, evaziga qalbida halovatini topadigan iymonni ato qilaman” deyilgan. Tabaroniy va imom Hokim rivoyati. Vallohu a’lam!
28 Aprel 2022, 06:02 | Savol-javoblar | 154 | Ta’lim va muta’allim