O‘rta Osiyoga Islomni yoyilishi
Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, Alloh barchamizdan rozi bo‘lsin. Men bilmoqchi bo‘lgan narsa shuki, o‘rta Osiyoga xususan O‘zbekistonga islom dini qanday kirib kelgan. Rahmatli Shayx hazratlarining Hadis va Hayot kitoblarining Usmon ibn Affon va Ali ibn Abutolib roziyallohu anhular xaqidagi juzida o‘qishimcha, Usmon r.a. davrlarida Xorazmga etib kelishgan va qattiq qarshilikka uchrab qaytishgan. Boshqa bir ma’ruzada eshitishimcha, Ali r.a. Afg‘onistongacha kelganlar va shu erdan qaytganlar. Ular qaerlarga borishsa xam u erda ilmni axoliga o‘rgatishga chindilgan kirishganlar. Bizning diyorimizga kim olib kelgan.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Qutayba ibn Muslim al-Bohiliy boshchiligidagi musulmon fotihlar Samarqandga avval u erning aholisiga Islomga kirish, ahdnoma tuzish yoki urush qilishdan birortasini tanlashni taklif qilmay, Islom qoidasini buzgan hollarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirib oldilar. Erli aholi bu ish Islom qoidasiga xilof ekanligini anglab etganidan keyin xalifaga shikoyat xati yubordilar. Xalifa bu ishni ko‘rib chiqishni qoziga oshirdi. Qozi Qutayba va uning odamlari Samarqandni tashlab chiqishlari lozimligi haqida hukm chiqardi. Bu dunyo tarixida g‘olib xalq qozisining mag‘lub xalq foydasiga chiqargan birinchi hukm edi. Qutayba askarlari bilan samarqandliklarga uzr aytib chiqib ketdi. Buni ko‘rgan Samraqand aholisi Islomga kirdi. Vallohu a’lam. Aliy roziyallohu anhu Afg‘onistongacha etib kelmaganlar. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 04:48 | Savol-javoblar | 164 | Islam