Joynamozdagi naqshlar haqida

Assalomu alaykum! Hozirda sovg‘a sifatida har hil vishifkali va naqshli joynamozlar tikilyapti. Ularni orasida Alloh yozuvligisiyam bor. Shu joynamozlarni olish, sovg‘a qilish mumkunmi? Alloh yozuvi erda turishi mumkunmasligini bilamiz. Ammo u sovg‘a sifatida estalika berilsa unda namoz o‘qilmasa mumkunmi? Men õzim ham shunday joynamozlarga zakaz olib tiktirib beraman. Endi qanday yo‘l tutay?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! O‘sha yozuvni tikmaslik kerak. Joynamoz imkon qadar naqshsiz bo‘lishi talab qilinadi. NAQShLI KIYIMDA NAMOZ O‘QISA
VA UNING NAQShIGA NAZAR SOLSA... 
عَنْ عَائِشَةَ: أَنَّ النَّبِيَّ  صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ صَلَّى فِي خَمِيصَةٍ لَهَا أَعْلَامٌ، فَنَظَرَ إِلَى أَعْلَامِهَا نَظْرَةً، فَلَمَّا انْصَرَفَ قَالَ: اذْهَبُوا بِخَمِيصَتِي هَذِهِ إِلَى أَبِي جَهْمٍ، وَائْتُونِي بِأَنْبِجَانِيَّةِ أَبِي جَهْمٍ، فَإِنَّهَا أَلْهَتْنِي آنِفًا عَنْ صَلَاتِي. وَقَالَ هِشَامُ بْنُ عُرْوَةَ: عَنْ أَبِيهِ، عَنْ عَائِشَةَ: قَالَ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: كُنْتُ أَنْظُرُ إِلَى عَلَمِهَا وَأَنَا فِي الصَّلَاةِ فَأَخَافُ أَنْ تَفْتِنَنِي  Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam naqshli xamiysada* namoz o‘qidilar va uning naqshlariga bir nazar soldilar. Tamomlagach: «Bu ko‘ylagimni Abu Jahmga eltib beringlar va menga Abu Jahmning anbijoniyasini* olib kelinglar. Chunki u hozir meni namozimdan chalg‘itdi», dedilar».
Hishom ibn Urva otasidan, u Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilishicha, Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Namozda turganimda uning naqshlariga ko‘zim tushib, meni fitnaga solib qo‘yishidan xavfsiradim», deganlar».

* Anbijoniya – Anbijon degan joydan keltiriladigan naqshsiz qalin en kiyim. (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). Vallohu a’lam!

26 May 2022, 04:48 | Savol-javoblar | 163 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar