Bog‘chadagi bolalar haqqini qaytarish

Assalomu alaykum! Buvim Sovet Itifoqqi davrida ancha muddat bolalar bog‘chasida mudira bo‘lib ishlaganlar. Shu davrda, birovning haqqi ekaniga e’tibor bermay, bog‘chadagi oziq-ovqatlardan o‘z uylarida ham istemol qilishgan, kam taminlangan oilalarga ham berib turganlar. Bu holat ko‘p takrorlanmagan. Shuning uchun taxmiman qancha oziq-ovqat olganlarini biladilar kilogramm hisobida. Hozir ham o‘zlari ishlagan bog‘cha ishlab turibdi. Shu qarzlarini, qarilik nafaqalaridan hisoblab, shu bog‘chaga, qarzim o‘rniga deb hisoblab olib borib bersalar, qarzlari bo‘yinlaridan soqit bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Endi o‘sha davrdagi egalarini topish kerak. O‘shalarni topib beradi. Topganicha topadi, qolganlarini nomidan ehson qiladi. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 04:13 | Savol-javoblar | 171 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar