Navbatda turganda navbatsiz o‘tib ketadiganlar hukmi
Assalomu alaykum! Uztozlar, navbatda turganimizda ya’ni bankda, metan zapravkada va xokazo joylarda navbatni buzib kiradigan odamlar bo‘ladi. Ular gunoxkor bo‘ladimi? Dinimizda xadis bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Navbat o‘sha navbatda turganning haqqi hisoblanadi. uni rioyasini qilmaslik xuddi moldan bo‘lgan haqqini o‘g‘irlagan, tortib olgan bilan tenma-teng gunohkor bo‘ladi. Bunday qilish ko‘rinishda arzimasga o‘xshaydi aslida esa ulkan gunohlar sirasiga kiradi. Islomda bandaning haqqiga zarar etkazadigan gunohlar qattiq qoralanadi. Yolg‘iz Yaratganning haqqi bo‘lsa, o‘sha ma’lum bir gunohni Allohning O‘zi kechirib yuborishi mumkin. Biroq bandalarga, jamiyatga zarar etkazilsa, o‘sha zarar ko‘rgan banda va jamiyat kechirmaguncha, Alloh ham kechirmaydi.
Birinchidan bu inson qalbiga kibr olib kiradi navbatdaagilarni mensimagan hisoblanadi. Bu esa shariatimizda ulkan gunohi kabiradir. عَنْ عَبْدِ اللهِ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: لَا يَدْخُلُ الْجَنَّةَ مَنْ كَانَ فِي قَلْبِهِ مِثْقَالُ ذَرَّةٍ مِنْ كِبْرٍ . قَالَ رَجُلٌ: إِنَّ الرَّجُلَ يُحِبُّ أَنْ يَكُونَ ثَوْبُهُ حَسَنًا وَنَعْلُهُ حَسَنًا. قَالَ: إِنَّ اللهَ جَمِيلٌ يُحِبُّ الْجَمَالَ، الْكِبْرُ بَطَرُ الْحَقِّ وَغَمْطُ النَّاسِ . رَوَاهُمَا مُسْلِمٌ وَالتِّرْمِذِيُّ Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Qalbida zarra og‘irligida kibri bor kishi jannatga kirmaydi», dedilar».
«Kishi kiyimi go‘zal bo‘lishini, poyabzali go‘zal bo‘lishini yoqtiradi-ku?» dedi bir odam.
«Albatta, Alloh go‘zaldir va go‘zallikni sevadi. Kibr haqni inkor qilish va odamlarni haqir sanashdir», dedilar».
Ikkisini Muslim va Termiziy rivoyat qilishgan. وَعَنْهُ عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: لَا يَدْخُلُ النَّارَ أَحَدٌ فِي قَلْبِهِ مِثْقَالُ حَبَّةِ خَرْدَلٍ مِنْ إِيمَانٍ، وَلَا يَدْخُلُ الْجَنَّةَ أَحَدٌ فِي قَلْبِهِ مِثْقَالُ حَبَّةِ خَرْدَلٍ مِنْ كِبْرِيَاءَ Yana o‘sha kishidan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Qalbida bir dona achitqi urug‘i og‘irligida iymoni bor odam do‘zaxga kirmaydi. Qalbida bir dona achitqi urug‘i og‘irligida kibri bor odam jannatga kirmaydi», dedilar».
Ikkinchidan, shariat birinchi kelganga birinchi bo‘lish haqqini beradi. U esa o‘sha haqqni poymol qilgan bo‘ladi. Insonning haqqini poymol qilish shariatimizda harom qilingandir. Birovning haqqini eyish gunoh. Hadislarda aytilganidek, har bir insonning haqqi Alloh tomonidan berilgan. Birovning haqqiga xiyonat qilgan odam Alloh taolo tomonidan berilgan haqqa xiyonat qilgan bo‘ladi.
Uchinchidan, o‘sha navbatda turganlarning qalbiga ozor bergan bo‘ladi. Alloh taolo “Ahzob” surasida marhamat qiladi: وَالَّذِينَ يُؤْذُونَ الْمُؤْمِنِينَ وَالْمُؤْمِنَاتِ بِغَيْرِ مَا اكْتَسَبُوا فَقَدِ احْتَمَلُوا بُهْتَانًا وَإِثْمًا مُّبِينًا 58. Mo‘min va mo‘minalarga, ular biror narsa qilmasalar ham ozor beradiganlar, batahqiq, o‘z ustilariga ochiq bo‘hton va gunohni olibdilar.
Hech bir aybsiz mo‘min erkak va mo‘mina ayolga ozor berganlar katta gunoh qilgan bo‘ladilar. Mo‘min inson Alloh taoloning huzurida eng qadrli insondir. Alloh taolo boshqa oyatlarda O‘zi mo‘minlarning valiysi ekanini ta’kidlab, aytib qo‘ygandir. Kimki mo‘min insonga ozor bersa, ochiq-oydin bo‘hton qilgan bo‘ladi va shunga yarasha jazosini oladi. Vallohu a’lam!
20 Aprel 2022, 19:59 | Savol-javoblar | 153 | Dolzarb savollar