Uxlashdan oldin

Assalomu alaykum! Paygambarimiz sollallohu alayxi vasallam aytadilar: <<Kimki ushbu duo (istig‘for)ni yotog‘iga kirgan vaqt uch marotaba o‘qisa, dengizning ko‘piklari qadar, cho‘ldagi zarralar qadar, daraxt yaproqlari qadar yoki dunyodagi barcha kunlar qadar ko‘p gunoxi bo‘lsa xam Alloh taolo afv etadi>. <<Astag‘firullohallaziy la ilaha illa xuval Xayyal Qoyyuma va atubu ilayx>. Ushbu duoni o‘qisak barcha gunohlarimiz afv etiladimi? Javob uchun oldindan rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Quyidagicha hadis bor. عَنْ زَيْدٍ مَوْلَى النَّبِيِّ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنْ النَّبِيَّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: مَنْ اسْتَغْفَرَ اللهَ الَّذِي لَا إِلَهَ إِلَّا هُوَ الْحَيَّ الْقَيُّومَ وَأَتُوبُ إِلَيْهِ، غُفِرَ لَهُ وَإِنْ كَانَ فَرَّ مِنَ الزَّحْفِ. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَالتِّرْمِذِيُّ وَلَفْظُهُ: مَنْ اسْتَغْفَرَ اللهَ الْعَظِيمَ Nabiy sollallohu alayhi vasallamning mavlolari Zayd roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Kim «astag‘firullohallazi la ilaaha illa huval hayyul qayyum va atubu ilayhi» desa, u mag‘firat qilinur, garchi jangdan qochgan bo‘lsa ham», dedilar».
Abu Dovud va Termiziy rivoyat qilganlar.
Termiziyning lafzida:
«Kim ulug‘ Allohga istig‘for aytsa» deyilgan.
Duoning ma’nosi: «Buyuk Allohga, Undan o‘zga ibodatga sazovor zot bo‘lmagan, tirik va o‘ta qoim bo‘lgan Allohga istig‘for aytaman va Unga tavba qilaman». ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!

20 Aprel 2022, 19:59 | Savol-javoblar | 169 | Duolar
|
Boshqa savol-javoblar