Oyatni inkor qilsa

Assalomu alaykum! “Baqara” surasi 30-oyatini inkor qilgan inson kofir bo‘ladimi? Misol uchun bunaqa narsa kelmagan Qur’onda deb aytsa?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Bir odamni kofirga hukm qilish oson ish emas. Bu gapni balki bilmaganidan aytayotgan bo‘lishi mumkin. Unga o‘sha oyatni va tafsirini yaxshilab tushintirish kerak bo‘ladi. Ammor ibn Yosir roziyallohu anhuning og‘izlaridan shariat kitoblarida aytilishi kufr bo‘lgan so‘z chiqdi, lekin Alloh taolo u zotni kofir bo‘lmaganlarini Qur’oni karimda bayon qildi. Chunki u erda kofir bo‘lmasligini taqozo qiluvchi holat bor edi. Shuning uchun har bir inson kitoblarda kufr deb yozilgan so‘zni aytgan kishini holatini o‘rganmasdan turib kofirga chiqarib bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 04:49 | Savol-javoblar | 152 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar