G‘ayridinlarga salom
Assalomu alaykum! Boshqa din vakillariga Assalomu alaykum, Xudo sizdan rozi bo‘lsin va shu kabi so‘zlarni aytsa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Bo‘lmaydi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam boshqa din vakillariga salom berishni o‘rgatib “Assalaamu ala manittaba’lhudaa” deganlar. Ya’ni “Hidoyat topganlarga salomlar bo‘lsin” degani. Shuningdek musulmon va mboshqa din vakillari ko‘mib yuborilgan qabriston oldidan o‘tib ketayotganlar “Allohim shu erda yotgan mo‘min va mo‘minalarni mag‘firat qilgin” deyishni ta’lim berganlar. Ta’ziya bildirayotganda “Allohim marhumingni o‘z dindoshlariga hamroh qilsin” deyiladi. Mag‘firat qilsin, rahmat qilsin deyilmaydi. Alloh taolo “Tavba” surasida marhamat qiladi: مَا كَانَ لِلنَّبِيِّ وَالَّذِينَ آمَنُواْ أَن يَسْتَغْفِرُواْ لِلْمُشْرِكِينَ وَلَوْ كَانُواْ أُوْلِي قُرْبَى مِن بَعْدِ مَا تَبَيَّنَ لَهُمْ أَنَّهُمْ أَصْحَابُ الْجَحِيمِ113. Nabiyga va mo‘minlarga mushriklar uchun, agar yaqin qarindoshlari bo‘lsa ham, ular olov sohiblari ekani ayon bo‘lganidan keyin mag‘firat so‘rashlari durust emasdir.Oyati karimaning nozil bo‘lish sababi haqida Imom Ahmad Ibn Musayyibdan, u esa otasidan quyidagilarni rivoyat qiladilar:«Abu Tolibning vafoti yaqinlashganda, uning oldiga Nabiy sollallohu alayhi vasallam kirdilar. Uning huzurida Abu Jahl va Abdulloh ibn Abu Umayya ham bor edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:– Ey amaki, «Laa ilaaha illallohu», desang, Allohning huzurida sen haqingda duo qilaman, – dedilar. Abu Jahl va Abdulloh ibn Abu Umayyalar esa:– Ey Abu Tolib, Abdulmuttolibning dinidan yuz o‘girasanmi? – dedilar. U bo‘lsa:– Men Abdulmuttolibning dinidaman, – dedi. Bas, Nabiy sollallohu alayhi vasallam:– Agar man qilinmasam, sening uchun istig‘for aytaman, – dedilar. Shunda Alloh taolo«Nabiy va mo‘minlarga mushriklar uchun, agar yaqin qarindoshlari bo‘lsa ham, ular do‘zax sohiblari ekani ayon bo‘lganidan keyin mag‘firat so‘rashlari durust emasdir» oyatini nozil qildi».Demak, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamgaki ruxsat yo‘q ekan, boshqalarga bo‘lmasligi aniq gap. Bu erda iymon va e’tiqod aloqasi hamma aloqalardan ustun turishi yaqqol ko‘rinib turibdi. Mo‘min kishi uchun iymoni hamma narsadan afzal, shuning uchun u avvalo, iymon, din qardoshlari ila aloqa va bog‘lanishlarni yo‘lga qo‘yadi. Qon-qardoshlik aloqasi esa bu joyda hech narsani hal qilmaydi. ("Tafsiri Hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!
26 May 2022, 04:49 | Savol-javoblar | 145 | Turli savollar