Ushbu holatda azon aytib o‘qiymizmi

Ustoz, masjidda aytilgan azon eshitilmasa, uyda yoki ishxonada namoz ukigan odam azon aytib ukish kerakmi deb, berilgan savollarga azon aytish kerak deb javob beribsiz. Ramazon oyida iftorlikda azon aytilmay takbir bilan namoz ukilganini kup kurganman. Savolim shuki, bizni ishxona masjiddan bir yo ikki chakirim uzoklikda, azon eshitilmaydi, jamoat bulib namoz ukisak azon aytishimiz kerakmi? meni tushunmaganim iftorliklarda, tuylarda jamoat tuplanib kolsa takbir bilan namozlar ado kilinadi. Allox rozi bulsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Azon aytilmasa, namoz bo‘laveradi. Azon aytish sunnat. Buni tushunmay ko‘pchilik sizga o‘xshab qayta-qayta savol beraveradi. Namoz kitobiga nazar soling. Unda nima farz, nima vojib ekani ko‘rsatilgan. Azon farz ham emas, vojib ham emas.

28 Aprel 2022, 06:02 | Savol-javoblar | 190 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar