O‘qituvchini qiynagan savollar

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, Alloh ilmingizni bundan ham ziyoda qilsin. Sizlarga meni yaqin 2 yildan beri qiynab kelayotgan masalada murojat qilmoqchiman. Kollejda 9 yildan buyon o‘qituvchi bo‘lib ishlayman. Ish boshlagan vaqtimdagi o‘quvchilar bilan hozirgilarining orasida anchagina farq bor. Ilm olish istagi borasida, tarbiyada. Bunga sabab maktabda etarli bilim olmaganligi va ota-onalarning o‘z farzandlarining kelajagiga o‘ta befarq qarab kasb tanlashda yo‘l boshchilik qilmaganlari deb bilaman. Shu tufayli o‘quvchilarning darslarga qatnashish davomadi juda past darajada. Darsga kelgan o‘quvchilarning esa kasbiy ko‘nikmalarni egallashi uchun zarur bo‘lgan bilimlari etarli emas. Yuqoridagi masala yuzasidan savollarimizga quyidagicha: 1). Guruhlarda o‘rtacha 30 o‘quvchidan 10-15 nafari darslarda ishtirok etsa ish haqqini to‘laligicha olishimiz joizmi? (O‘quvchi sonidan qat’iy nazar darsga tayyorgarligimiz 2 soatga mo‘ljallangan). 2). Yuqoridagi sabablarga ko‘ra o‘quvchilarga bilim berishimiz natijasi qiymatsiz bo‘lsa, yani kasbga oid xech narsa o‘zlashtirolmasalar bu ish orqali topgan pullarmiz halolmi? Javobingiz uchun oldindan tashakkur bildiraman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! 1-2). Joiz. Siz o‘quvchilar soniga qarab emas, ajratgan vaqtingiz va taqdim qilgan ilmingiz uchun olasiz. Ikkisidan birida kamchilikka yo‘l qo‘ysangiz olganingiz shubhali bo‘lib qoladi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 04:51 | Savol-javoblar | 165 | Ta’lim va muta’allim
|
Boshqa savol-javoblar