Kikboks sport turi

Assalamu alaykum! Biz kikboks sport turi bilan shug‘ullanamiz va har hil mashqlar qilamiz. Hadisga ko‘ra jismonan baquvvat bo‘lishimizni Payg‘ambarimiz (S.A.V) hohlagan ekanlar va zaif mo‘mindan ko‘ra jismonan baquvvat mo‘min bo‘lishimiz Allohga mahbubroq bo‘lar ekan. Shuning uchun sport bilan shug‘ullanyapmiz ammo, musobaqalarda qatnashmaymiz chunki musobaqada yuzga ham urush shart, shuning uchun o‘zimiz baquvvat bo‘lishimiz uchun shu sport turi bilan shug‘ullanyapmiz. Yuzga urmaymiz va tepmaymiz, ammo yuzimizdan boshqa a’zolarimizga uramiz va tepamiz. Va bir birimizga og‘riq etkazsak kechirim so‘raymiz. Murabbiyimizga biz: "Payg‘ambarimiz Muhammad (S.A.V) yuzga urushdan qaytargan ekanlar desak, Murabbiyimiz : shunday bo‘lsa, yuzdan boshqa a’zolaringizga urib va tepib ishlayvering, axir bu shariatimizda man etilmagan, faqat yuzga urush man etilgan" deydilar. Hadislarga va Qur’onga ko‘ra shu ishimiz bilan jismonan baquvvat bo‘lamiz, oilamizni va o‘zimizni himoya qilamiz deyishimiz va shu (yuqorida yozganlarimizni amalda bajarib) to‘g‘ri deb bilishimiz to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Yuzga urishdan saqlansangiz shug‘ullanish joiz. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ruxsat bergan sport turlarda ham tanani lat eyishlari bo‘ladi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 19:38 | Savol-javoblar | 154 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar