Qandoq namozga kirsam bo‘ladi
Assalomu alaykum! Man 5-6 sinf paytimda nomoz o‘qirdim. U payt ko‘p narsalarni bilmasdim. Keyin tashalab qo‘ygandim. Hozir 24daman, xozir qandoq boshlashni bilmay turbman. Hozir qandoq tavba qilib nomozni boshlasam bo‘ladi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Ikkilanmasdan g‘uslni qiling va to‘g‘ri masjidga boring. U erdagilar nima qilsa o‘shani qilavering. To‘liq o‘rganguningizcha bilganingizdek o‘qiyvering. Yaxshi amallarga intilish fikri xususan namoz o‘qish fikri Alloh taolo tarafidan sizga yuborilgan mehmon hisoblanadi. Uni hurmatini joyiga qo‘ying, tezda amalga oshirishga kirishing. Aks holda mehmon izzatimni joyiga qo‘ymadi deb qaytib kelmay qo‘yadi. Borib-borib go‘rkovdan boshqalarni “Qabristonda meni nima ishim bor, men nima qilaman u erda” deydigan darajaga etib qoladi. Bu holatga tushib qolishdan Alloh asrasin. Vallohu a’lam! Quyidagi linkda berilgan maqolani o‘qing
https://islom.uz/view/-31
26 May 2022, 04:54 | Savol-javoblar | 132 | Namoz