Namozni yangi boshladim

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, qilayotgan ishlaringizni Alloh arjini bersin. Meni savollarim juda ko‘p men endi namoz o‘qishni boshladim 1-savolim farz sajdasida 2 martadan sajda qilyapman, bu to‘g‘rimi? 2). Jamoat bilan namoz o‘qilganda faqat farzida imomga ergashilar ekan, sunnatini qachon o‘qisa bo‘ladi? 3). Men viloyatdanman Toshkentda o‘qiyman, namozlarim musofir namozi bo‘ladimi? 4). Namoz o‘qishimni ota-onam bilishmaydi, ularga aytaymi yoki shart emasmi? Javoblaringiz uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Alloh muborak qilsin. Aslida shu yoshga etib namozni bilmaslik ayb sanalsada, ammo namoz o‘qishni boshlaganligingiz Alloh taolo sizga jannatni beray deganda rozi bo‘lib qabul qilishingiz hisoblanadi. Chunki Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Meni ummatimning hammasi jannatga kiradi, lekin bosh tortganlar kirmaydi” deganlar. Sahobalar “Jannatga kirishdan ham bosh tortadimi” deb so‘raganlarida, «Kim menga itoat qilsa, jannatga kiradi, kim menga osiy bo‘lsa, bosh tortgan bo‘ladi», dedilar». Buxoriy rivoyati. Sizni savollaringiz birgina masjidga borib, bir bor jamoat bilan namoz o‘qish bilan ma’lum bo‘ladi. Toshkenta eng kami 15 kecha kunduz turadigan bo‘lsangiz namozlaringizni to‘liq o‘qiysiz. Ota-onaga aytish shart emas. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 04:54 | Savol-javoblar | 168 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar