Turkiyaga borib ishlash xakida
Assalomu alaykum! Men Turkiyaga borib ishlamoqchidim, ayol kishi borishi yaxshimas degan gap eshitdim. Shu gap to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Ayol kishi tabiatan nozik bo‘lib, safar mobaynida turli xil zarurat va ehtiyojlarga duchor bo‘ladi. Holbuki, ularning izzat va obro‘larining himoyasi muhim bir masala hisoblanadi. Shuning uchun ular safarga o‘zlarining mahramlari bilan chiqishlari zarurdir. Balog‘at yoshiga etmagan mahram esa o‘zi ham bu narsalarga muhtoj hisoblanadi. Demak, balog‘at yoshiga etmagan mahramning safarda ayol kishi bilan birga bo‘lishi yoki bo‘lmasligi barobar bo‘lib, bunda ayol kishi mahramsiz safar qilgan hisoblanadi. لا عِبْرَةَ لِلصَّبِىِّ الَّذِى لا يَحْتَلِمُ «Balog‘atga etmagan bolaning mahramlikda e’tibori yo‘qdir» (Fatovoi al-Hindiya).
Biri vatani asliy bo‘lib, yana biri ijaraga olingan bo‘lsa yoki ikkalasi ham ijaraga olingan bo‘lsa va orasidagi masofa shar’iy masofani tashkil qilsa, goh u joyda, goh boshqasida tursa, garchi ijaraga olingan joylarida ayoli yashasa ham, musofir bo‘ladi. Agar vatani asliyga borsa yoki ijaraga turgan joylaridan birida o‘n besh kundan ortiq turishni niyat qilsa, muqimga aylanadi.لِأَنَّ الْإِقَامَةَ لَا تَكُونُ فِي مَكَانَيْنِ إذْ لَوْ جَازَتْ فِي مَكَانَيْنِ لَجَازَتْ فِي أَمَاكِنَ فَيُؤَدِّي إلَى أَنَّ السَّفَرَ لَا يَتَحَقَّقُ «Chunki, ikki joyni vatani iqomat tutish mumkin emas. Agar ikki joyni vatani iqomat qilib olish joiz bo‘lganida edi ikki joydan ortiq erlarda ham vatani iqomat joiz bo‘lar edi. Unda musofirlik tushunchasi qolmas edi» (Bahrur roiq).
Umrining ko‘p vaqtini safarda o‘tkazadigan, ya’ni sayyohlar hukmi uch xil ko‘rinishda bo‘ladi.
1. Shar’iy masofani qasd qilib chiqib, biror joyda o‘n besh kun turishni niyat qilmasa, hamma vaqt musofir bo‘ladi.
2. Shar’iy masofani qasd qilib chiqib, biron joyda o‘n besh kun turishni niyat qilsa, yo‘lda musofir bo‘lib, borgan joyida muqim bo‘ladi.
3. Yo‘lga chiqishda shar’iy masofani qasd qilmasa va shu holda (shar’iy masofadan ozrog‘ini qasd qilib) bir necha joylarga borsa, garchi shar’iy masofadan uzoqqa ketib qolsa ham, muqimligicha qolaveradi. Ortga qaytishda uyigacha bo‘lgan masofa shar’iy masofadan ko‘p bo‘lgani uchun musofirga aylanadi. وَمَنْ طَافَ الدُّنْيَا بِلَا قَصْدٍ لَمْ يَقْصُرْ «Bir kishi shar’iy masofani qasd qilmay safarga chiqsa, garchi dunyoni aylanib chiqsa ham musofirga aylanmaydi» (Durrul muxtor)
Ayol kishi mahramsiz safarga chiqsa-yu, mahramlari uni qaytarmasdan, unga rozi bo‘lib tursalar, barchalari gunohda barobarlar. وعَنْ أَبِي سَعِيدٍ الْخُدْرِيِّ قال : سَمِعْتُ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَقُولُ :"مَنْ رَأَى مِنْكُمْ مُنْكَرًا فَلْيُغَيِّرْهُ بِيَدِهِ فَإِنْ لَمْ يَسْتَطِعْ فَبِلِسَانِهِ فَإِنْ لَمْ يَسْتَطِعْ فَبِقَلْبِهِ وَذَلِكَ أَضْعَفُ الْإِيمَانِ". رواه مسلم Abu Sa’id Xudriy roziyallohudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sizlardan birortangiz gunoh ishni ko‘rsa, uni qo‘li bilan o‘zgartirsin agar unga qodir bo‘lmasa, tili bilan o‘zgartirsin, agar bunga ham qodir bo‘lmasa, qalbida unga noroziligini bildirsin va bu iymonning eng zaifligidir» dedilar». (Muslim rivoyati). Vallohu a’lam!
26 May 2022, 04:54 | Savol-javoblar | 150 | Dolzarb savollar