Pulini to‘lamasa

Assalomu alaykum! Men bir odamga nasiyaga kompyuter sotgandim. 750$ kelishganmiz, avvaldan 400$ bergan 350$ bir oyda beraman deb til xat yozib bergan edi. Mana 3 oy bo‘ldiki haliyam bergani yo‘q. SAVOL: pulni bermagani uchun narsamni qaytarib olmoqchiman shu vaziyatda unga pulini hammasini qaytarib berishim kerakmi? Yoki 3 oy davomida kompyuterrimdan foydalangani uchun qanchadir miqdorini olib qolsam bo‘ladimi? Axir u odam o‘sha narsa orqali pul topyapti. Meni pul topadigan narsamni band qilib turibdi shu sababli 400$ dan qanchadir qismini ishlatgani uchun olib qolib qoganini qaytarib bersam joiz boladimi? Agar joiz bo‘lsa qancha qismini olib qolishim kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Puli to‘liq to‘lanmagan molingizni arzonroqqa qayta sotib olishingiz ’iyna savdosi hisoblanadi. Bu joiz emas. O‘z narxiga oling. Vallohu a’lam!

31 Oktabr 2022, 10:02 | Savol-javoblar | 333 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar